O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tuyoqlar izidan

Navoiy viloyati. 2022 yil 23 yanvar kuni soat 18:00larda Nurota tumanida istiqomat qiluvchi 24 yoshli S.Z. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Nurota tumani Yangibino qishlog‘ining dasht hududiga kelib, u yerda 46 yoshli T.R. tomonidan qarovsiz qoldirilgan umumiy bahosi 22.000.000 so‘mlik 21 bosh qo‘ylar va 1 bosh echkini o‘zining mol otariga haydab ketib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida aniqlanishicha S.Z. ushbu 22 bosh chorva mollarini Nurota tumani “OqmachitMFYda yashovchi fuqaroga 13.600.000 so‘m pullar evaziga sotib yuborganligi, ushbu fuqarodan jabrlanuvchiga tegishli 22 bosh mollar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nurota tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.Z.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech