O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

To‘xta telefoningni ber...

Surxondaryo viloyati. 2022 yil 27 yanvar kuni soat 20:30 larda 5 nafar nomaʼlum shaxslar jinoiy til biriktirib, talonchilik qilish maqsadida, o‘ziga notanish bo‘lgan Termiz shahar J.Manguberdi ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan 15 yoshli U.N.,ni yashash uyiga kirib borayotganida ko‘chada ko‘rib qolishib, uni to‘xtatib, hech bir sababsiz urib tan jarohati yetkazishib, qo‘lidagi “IPhone 7” rusumli telefon apparatini tortib olishib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyat 20 yoshli Q.S., Yu.S., 18 yoshli N.A, R.R. va 19 yoshli M.Z.,lar tomonidan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etilganligi aniqlanib, Q.S.,dan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “IPhone 7” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar Q.S, Yu.Sh., N.A., R.R. hamda M.Z.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech