O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tungi klub oldidagi yo‘lto‘sarlar

Toshkent shahar. 2021 yilning 25 noyabr kuni soat 23:00 larda, 20 yoshli S.M. va N.Sh.lar o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida Uchtepa tumani 23-mavze hududida joylashgan tungi klub yonida voyaga yetmagan 17 yoshli M.A., ga tegishli bo‘lgan bahosi 1.700.000 so‘mlik “Redmi 9S” rusumli telefon apparati, 35.000 so‘m pullari hamda shu yerda bo‘lgan voyaga yetmagan 17 yoshli T.I., ga tegishli bo‘lgan bahosi 3.200.000 so‘mlik “Samsung A-51” rusumli telefon apparatini qo‘lga kiritib hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, mazkur jinoyatni sodir etgan S.M. va N.Sh.lar qo‘lga olinib, jabrlanuvchilarga tegishli bo‘lgan “Redmi 9S” va “Samsung A-51” rusumli telefon apparatlari ularning yonidan topilgan va ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan S.M. va N.Sh.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib S.M. va N.Sh.lar protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

podpolkovnik Sh.I.Xasanov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech