O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan ikki qop kannabis topildi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 06 mart kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” profilaktik tadbiri davomida, Chinoz tumani Kanalobod MFY.,da yashovchi 48 yoshli Alisher U.,ning yashash xonadoni hovlisida joylashgan tovuqxonada 2 ta qoplarga solingan ko‘k rangli o‘tkir hidli o‘simlik saqlab kelinayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida, ushbu modda “kannabis” o‘simligi ekanligi, vazni 3012 grammni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Alisher U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech