O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uchtepada olib qochilgan avtomashina o‘z egasiga qaytarildi

Toshkent shahar. 2020 yil 22 dekabr kunidan 23 dekabr kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 23:00 dan ertalabki 10:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chilonzor 24-mavzesi, 32-uy oldida 33 yoshli Dilnavoz X., ga tegishli bo‘lgan oq rangli “Gentra” rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinani nomaʼlum tomonga boshqarib, olib qochib ketgan.  

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari jarayonida Dilnavoz X.ga tegishli bo‘lgan yuqorida ko‘rsatilgan “Gentra” rusumli avtomashinasi muqaddam bir necha marotaba sudlangan 28 yoshli Bekzod Q. va 27 yoshli Fazliddin M.lar tomonidan olib qochib ketilganligi, ushbu kuni yuqoridagi avtomashinaning raqamlarini belgilari yechib olinib, yuqoridagi jinoyatchilarining birining uy oldida yashirib qo‘yilganligi aniqlangan.

Avtomashina joylashuvi aniqlanib ko‘zdan kechirilganda jabrlanuvchiga tegishli videoregistrator, salon o‘rindiqlaridagi g‘iloflari, avtomagnitolasi joyida yo‘qligi aniqlangan.

Jinoyat ishi doirasida Bekzod Q. va Fazliddin M.lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga javb kilinib protsessual tartibda ushlanganlar.

 Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech