O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Damas”da uzoqqa otlangan shovvoz

Toshkent shahar. 2021 yil 05 iyun kuni soat 17:00dan 19:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, 23 yoshli Sh.A. (erkak) Yashnobod tumani Nigora 2-tor ko‘chasi 68-uy oldida 49 yoshli A.A.ga (erkak) tegishli “Damas” rusumli avtomashinasini ochiq holda qarovsiz va kaliti o‘t oldirgichda qoldirilganidan foydalanib, nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, 23 yoshli Sh.A. avtomashinani Bektemir tumani Ohangaron shox ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida “Nexia-2” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etib, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 23 yoshli Sh.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va Sh.A. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Ogohlik – davr talabi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech