O‘g‘irlangan mashina, qizlar tomonidan voqea joyining o‘zida sotib yuborildi
Namangan viloyati. 2021 yil 25 noyabr kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs To‘raqo‘rg‘on tuman “Turkiston” MFY da yashovchi 46 yoshli A.D., ning yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon ayvonida bo‘lgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Artel” rusumli kir yuvish mashinasini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hodisa joyida guvohlar so‘roq qilinganda, voqea sodir bo‘lgan vaqtda jabrlanuvchining yashash xonadoni oldida oq rangli “Vaz21011” rusumli avtomashina va 3 nafar ayol kishini ko‘rishganligini bayon qilishgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida videokuzatuv moslamalari yordamida “VAZ-21011” rusumli avtomashina M.N.,ga tegishli ekanligi aniqlangan. Unda o‘g‘irlangan kir yuvish mashinasi “Yangi Namangan” tumani “Guliston” MFYda yashovchi K.O. ga 15 yoshli S.M., Z.D. va R.J.lardan 500 000 so‘m evaziga sotib olganligini maʼlum qilgan. Kir yuvish mashinasi ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha voyaga yetmagan S.M., Z.D. va R.J.lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoyachi va qonuniy vakillari ishtirokida so‘roq qilinishgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti