O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘g‘irlangan mahsulotlar velosipedga ortildi

Andijon viloyati. Joriy yilning 9 yanvar kuni Asaka tumani Umid ko‘chasida yashovchi 20 yoshli N.R. Andijon viloyat “102” raqamiga murojaat qilib, unda 2022 yilning 09 yanvar kuni nomaʼlum shaxslar Asaka tumani “Dehqon bozori” oldida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib jami 30.000.000 so‘mga teng bo‘lgan tamaki mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarni topishda hamda ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “B,G” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni 22 yoshli A.A., N.K. hamda 18 yoshli Sh.M.,lar sodir etganliklari aniqlanib, holatga oydinlik kiritilganda, yuqoridagi shaxslar do‘kondagi tamaki mahsulotlarini “Ayis” rusumli velosipedlarga ortib, so‘ngra boshqa savdo majmuasida sotib yuborganliklari aniqlangan.

Tergov jarayonida A.A.,dan 1 dona ko‘k rangli “Ayis” rusumli non mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan velosiped, 7.000.000 so‘m va 200 AQSH dollari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda yuqoridagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech