Uy egasi mehmondorchilik vaqtida tanishiga pichoq bilan jarohat yetkazdi
Toshkent shahri. 2023 yil 25 fevral kuni soat 23:00larda Yashnobod tumani Qorasu ko‘chasida yashovchi 61 yoshli Sh.I. o‘zini istiqomat qilib kelayotgan xonadonida tanishi 45 yoshli P.V. bilan birga kechki ovqatlanish vaqtida spirtli ichimlik isteʼmol qilishib, P.V. tanishi Sh.I.ni har xil haqoratli so‘zlar bilan so‘kganida, Sh.I. ulfatiga uni, o‘zini uyida haqorat qilmasligini aytib, jahl ustida P.V.ni stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan bir marotaba chap ko‘krak qismiga urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada P.v. olgan tan jarohatlari bilan 4-sonli klinik shifoxonasiga chap tomonlama ko‘krak qafasi sanchilib kesilgan jarohati” bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
mayor F.Saloxov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti