Uy olma, qo‘shni ol
Toshkent shahar. 2021 yil 15 dekabr kuni soat 18:00 larda 40 yoshli X.F. Sergeli tumani Sergeli 2-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biriga kirib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, 2-qavat yo‘lagiga turib olib, ushbu yerdan o‘tib ketayotgan 49 yoshli v.I.,ga hujum qilib, uni qulida bo‘lgan sumkasini tortib olish maqsadida, qo‘li bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Shu vaqtda v.I. yordamga chaqirib baqirganligi tufayli, yo‘lakda (podyezd) yashovchi qo‘shnilar uylaridan chiqqanligini ko‘rgan X.F. hodisa sodir bo‘lgan joyidan qochmoqchi bo‘lganida fuqarolik majburiyatini bajarayotgan shaxslar tomonidan qo‘lga olinib, ichki ishlar organiga topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.F.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.F. protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyat uchun qonunchilikda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti