Uyida spirtli ichimlik isteʼmol qilib o‘tirgan mehmonni kaltak bilan savaladi
Toshkent viloyati. 2022 yil 17 yanvar kuni soat 21:30 larda 27 yoshli P.M. Nurafshon shahar “Nurafshon” mahallasida joylashgan o‘zining yashash xonadonidagi ovqatlanish xonasiga kirib, shu yerda bo‘lgan onasi 55 yoshli B.D. tanishi 57 yoshli N.R. bilan birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilib o‘tirganligini ko‘rib, bundan jahli chiqib N.R. bilan o‘zaro janjallashib, janjal natijasida P.M. yog‘och bo‘lagi bilan N.R,ning chap son qismiga va tanasining duch kelgan joylariga qo‘li va oyog‘i bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.
Natijada N.R. olgan tan jarohatlari bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi olib kelinib, unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan ushbu tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan P.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti