O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

60 millionli zargarlik buyumlarimillionli zargarlik buyumlari

Аndijon. 2020 yilning 12 may kunidan 24 may kuniga qadar 21 yoshli G.O. (ayol) 27 yoshli N.M, ning (ayol) ishonchiga kirib, unga tegishli boʼlgan jami narxi 60.000.000 soʼmga teng qimmatbaho zargarlik buyumlarini sotib bir hafta ichida pullarini olib kelib berishini aytib, ushbu zargarlik buyumlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni qaytarib bermasdan oʼz ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Аndijon shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar oʼzlaringizni qimmatbaho buyum va pullaringizni notanish va xalol inson sifatida Sizga tanish boʼlmagan insonlarning qoʼllariga oʼzingizni xohishingiz bilan berib qoʼyman. Firibgarlarni toʼriga tushmaslik oʼzingizni qoʼlingizda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech