“Qo‘li qing‘ir” xonadosh...
Navoiy viloyati. 2022 yil 29 mart kuni soat 20:00larda muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan 18 yoshli U.Sh. Uchquduq tumani “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan “BESH ZIYNAT” MCHJga qarashli ishchi xodimlar yotoqxonasida, o‘zi bilan birga yashovchi ikki nafar tanishlari xonada yo‘qligidan foydalanib, ularga tegishli fuqarolik pasportlarini, umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi shahodatnomalarini, 280.000 so‘m pullarini hamda narxi 765.000 so‘mlik 8 turdagi ustki kiyimlarini o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan U.Sh. ushlanib, undan jabrlanuvchilarga tegishli hujjatlar hamda ustki kiyimlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan yuqoridagi shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti