Xorazmda maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi firibgarlikka qo‘l urdi
Xorazm. Shovot tumanida yashovchi 33 yoshli N.J. 2018 yil 15 may kunidan Shovot tumani maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi lavozimida ishlab kelib, qonunda o‘rnatilgan talablariga zid ravishda o‘zi bilan moddiy javobgarlik shartnomasi tuzilmagan bo‘lsada, o‘z xizmat vakolatlari doirasiga kirmaydigan harakatlarni amalga oshirib, xodimlarga naqd pulda ish haqlarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelib, 2019 yil oktyabr oyida, xizmat xonasida xodimlarning sentyabr oyi ish haqini tarqatayotganda, ularga Shovot tumani maktabgacha taʼlim bo‘limida hisobchi, 53 yoshli G.Y., ning o‘g‘li sog‘ligi yomonlashib, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun pul yig‘ib berish kerakligini aytib, xodimlardan jami 915.000 so‘m pullarini olib qolib, ushbu pul mablag‘larini go‘yoki G.Y.,ga berganligini yolg‘ondan aytib, ularni aldab, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida N.J. yuqorida ko‘rsatilgan xati-harakatlaridan tashqari xodimlardan yana boshqa pul mablag‘larini olganligi holatlari aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament