“O‘g‘ri” usta ushlandi
Toshkent shahri. Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMBga Xitoy xalq Respublikasi fuqarosi 52 yoshli HAO ZHIYONG ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 01 aprel kunidan 13 aprel kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yakkasaroy tumani A.Qaxxor ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan “Jitong” mehmonxonasi yotoqxonalaridan 4 dona jami 8 000 000 so‘mlik “Moonx” rusumli televizorlari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni mazkur mehmonxonada ustachilik qilgan 38 yoshli S.Matnazar sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan S.Matnazarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB TB
tahlil va nazorat bo‘linmasi katta tergovchisi
Sh.A.Mirkarimova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti