O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Urilgan avtomashina o‘rniga yap-yangi “Gentra”

Andijon viloyati. 2021 yil mart oyida 36 yoshli X.S. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 46 yoshli Z.G.,ga, u tomonidan urib olingan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini sotib, o‘rniga “Gentra” rusumli avtomashina olib berishini aytib, unga tegishli bo‘lgan “Nexia -3” rusumli avtomashinani 7.000 AQSH dollari sotib yuborib, so‘ngra undan vaʼda qilgan “Gentra” rusumli avtomashina uchun 4.600 (jami 11.600) AQSH dollari pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarini ham qaytarib bermayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech