Qo‘shni
Farg‘ona viloyati. 2021 yil 19 dekabr kuni soat 02:00da 41 yoshli Q.Q. mast holatda qo‘shnisi Qo‘shtepa tumani Shomirza MFY Gulbog‘ ko‘chasida yashovchi 32 yoshli X.M.,ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uy yotoqxonasidan pul va qimmatbaho buyumlarni qidirayotgan vaqtda uy egasi uyg‘onib qolganligini ko‘rib X.M.ning og‘iz qismini qo‘llari bilan berkitib, undan ochiqdan-ochiq pul talab qilgan vaqtida X.M.ning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari xam uyg‘onib ketib, baqirib yuborishlari natijasida Q.Q. o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, jinoiy faoliyatini oxiriga yetkaza olmay hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.Q.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 166-moddasi 3-qismi “B” bandi (talonchilikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti