Transformator oʼrnatib beruvchi firibgar aniqlandi.
2019 yil 12 dekabr kuni fuqaro 49 yoshli А.S. Samarqand shahridagi MChJ shaklidagi qoʼshma korxona rahbari boʼlmish 52 yoshli А.T.ga oʼzini transformator oʼrnatish bilan shugʼullanishini aytib, korxonaning yangi qurilgan binosiga 630 kvt elektr tokini yetkazib beruvchi transformator qutisini olib kelib, yangi transformator 95.000.000 soʼm turishini va Toshkent shahridagi zavoddan olib kelib berishini vaʼda qilib, А.T.ni ishonchiga kirib, undan 95.000.000 soʼm pullarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan А.T.ning 03.02.2020 yildagi arizasiga asosan Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti