O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼq dori yasagan va saqlab kelgan shaxs aniqlandiOʼq dori yasagan va saqlab kelgan shaxs aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 07 iyunь kuni taxminan soat 15:30 da IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida, Qibray tumani Tanovar koʼchasida yashovchi 67 yoshli Q.T. xonadonida yashirin ravishda 19 dona 12x76 kalibrli ichi toʼldirilgan butun holdagi patronlar, 9 dona 12x76 kalibrli gilьzalar, ikki xil turdagi taxminan ogʼirligi 100 gr yonuvchi kukunlar (porox) va xar xil turdagi taxminan vazni 1,5 kilogrammni tashkil qiluvchi drobь, shuningdek oʼq dori yasash uchun moʼljallangan 8 turdagi detalь va moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Sud ballistik ekspertiza xulosasida fuqaro Q.T., ning uyidan olingan patronlar otish uchun yaroqli, gilьzalar esa otish uchun yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, oʼq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Xurmatli fuqarolar qurol, oʼq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini oʼz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi toʼgʼrisida eslatib oʼtamiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech