«Gashish» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda yonida saqlab yurgan shaxs aniqlandi
Аndijon. 2020 yilning 29 aprel kuni soat 23:10 da Qoʼrgʼontepa tumani IIB xodimlari tungi xizmat davomida, Ilgʼor qoʼchasida joylashgan koʼp qavatli uyning oldida fuqaro 25 yoshli S.T., toʼxtatilib tekshirilganida 1 dona rangsiz polietilen paketiga oʼralgan sof vazni 2,1 gramm boʼlgan “gashish” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Qoʼrgʼontepa tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. S.T., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti