O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Kannabis” va “ko‘knor” giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirib kelgan shaxs aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 01 iyun' kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qora dori 2020” tadbiri davomida Angren shahar Bahor ko‘chasida yashovchi 49 yoshli F.Ch., ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadonning tomorqasida 8 tup “kannabis” va 530 tup “opiy ko‘knori” o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib ular, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Angren shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va F.Ch., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech