Dastgohlar oʼgʼrisi aniqlandi, tergov ketmoqda
Joriy yilning 05 aprelь kuni 28 yoshli F.M. Sayxunobrod tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, arizasida 4 aprelь kunidan 5 aprelь kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Paxtaobod MFY hududida joylashgan ishlab chikarish sexiga kirib, u yerdan jami narxi 14.750.000 soʼmlik dastgohlarni oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-m 2-q “g” bandi bilan (oʼgʼirlik) jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 41 yoshli X.А. sodir etganligi aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti