Аvtomashina yukxonasidan 70 mln. soʼm oʼgʼirlangan gumonlanuvchilar ushlandi.
Qashqadaryo. 2020 yilining 02 aprelь kuni 33 yoshli Gʼ.X., Qarshi shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 31 mart kuni soat 08:30 da nomaʼlum shaxslar Oydin mahallasida qarovsiz qoldirilgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi yukxonasini ochib, u yerdan 70.800.000 soʼm pulini yashirin ravishda talon-toroj qilib ketganliklarini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Koʼrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi, 25 yoshli U.B. va Qarshi shahrida yashovchi, 33 yoshli А.G., lar sodir etganliklari aniqlanib, U.B. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (xavfli retsidivist tomnidan sodir etilgan ugʼirlik) А.G. esa 169-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (ancha miqdorda va bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan oʼgʼirlik) gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar va protsessual tartibda ushlanganlar. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.