O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kattaqo‘rg‘ondagi bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar aniqlandi

Samarqand. 2020 yilning 25 aprel' kuni soat 00:15 da ikki nafar noma'lum shaxslar bosh va qo‘llariga niqob kiyib, temir jism va yog‘och tayoq bilan qurollanib, Kattaqo‘rg‘on tumani Mundiyon mahallasida yashovchi fuqaro L.B., ning yashash xonadoniga qarovsiz holdagi, qurilishi tugallanmagan qo‘shni uyning devoridan oshib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonada uxlab yotgan fuqaro L.B., ga hujum qilib, qo‘llaridagi temir jism va yog‘och tayoq bilan uning boshi va tanasining boshqa sohalariga bir necha marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uyning yonida joylashgan xususiy do‘koniga olib chiqib, do‘kon kassasida bo‘lgan 2.500.000 so‘m pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni muqaddam Rossiya Federatsiyasida bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan 27 yoshli I.R. va 28 yoshli A.Z., lar sodir etganliklari aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida A.Z., jinoyat sodir etgan kuni o‘zining qo‘lidagi temir jism mix sug‘irgichni ariqqa tashlab yuborganligini ko‘rsatib o‘tgan. Shunday qilib, A.Z. ko‘rsatgan joydan ashyoviy dalil tariqasida qo‘l qoplar va bir dona mix sug‘irgich prosessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. I.R. va A.Z., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech