O‘z xolasini o‘margan jiyan, endilikda qonun oldida javob beradi
Qashqadaryo viloyati. Chiroqchi tumani Torjilg‘a qishlog‘ida yashovchi 31 yoshli Yu.D. tuman IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2022 yil 14 fevral kuni soat 23:00 larda o‘ning 20 yoshli jiyani E.O. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida uning yashash uyiga borib, yashash uyi yotoqxonasidagi ayollar sumkasidagi 2 mln so‘m pullarni va bahosi 1 mln. so‘mlik “HUAWEI” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringanligini maʼlum qilib, o‘nga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida E.O. ushlanib o‘ndan xolasiga tegishli bo‘lgan “HUAWEI” rusumli telefon apparati hamda 550 ming so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti