O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yonida giyohvandlik vositasi saqlab yurgan Angrenlik yigit Ohangaronda qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati. 2020 yil 25 aprel' kuni soat taxminan 16:20 larda Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan koronavirusga qarshi karantin tadbirini o‘tkazish davomida Ohangaron tumani Susam mahalla fuqarolar yig‘ini xududida ketayotgan Angren shahrida yashovchi fuqarolar 34 yoshli R.Z., 33 yoshli A.B. va 39 yoshli S.M., lar shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida to‘xtatilib, ikki nafar xolislar ishtirokida tekshirilganda R.Z.,ning yonidagi jigarrangli sumkasi ichida qora rangli polietilen paketda xo‘l holatda yashil rangli o‘tkir hidli o‘simlik borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro R.Z.,dan olingan modda “marixuana” deb atalishi va uning sof og‘irligi 2 034 grammni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Mazkur xolat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.Z., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech