O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аndijonda “Zil-130” yuk avtomashinasi va «Nexia-3» ishtirokida YTH: 4 kishi vafot etdi.

Аndijon. 2020 yil 13 fevral kuni taxminan soat 21-00 larda, 24 yoshli X.M., boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinasida 3 nafar yoʼlovchilar bilan birga “Аndijon-Аsaka” avtomobil yoʼlining “Аsaka” yoʼnalishi boʼyicha harakatlanib ketayotib, Аndijon tumani, “Teraktagi” mahallasi hududida yoʼlning chekka qismida harakatsiz holda turgan 27 yoshli А.N.,ning boshqaruvida boʼlgan “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasiga urilib, yoʼl-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada “Nexia-3” avtomashinasi haydovchisi X.M. va oldi yoʼlovchi oʼrindiqdagi yoʼlovchi 24 yoshli I.J.,lar hodisa sodir boʼlgan joyida, yoʼlovchilar 24 yoshli M.B. va 20 yoshli N.P.,lar esa koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Аndijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tergov departamenti halok boʼlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildiradi.

 

Hurmatli fuqarolar yoʼllarda harakatlanganda belgilangan tezlik talablariga qatʼiy rioya qilishingizni soʼraymiz. Tezlikni meʼyoridan oshirib oʼzingiz va boshqa harakat ishtirokchilarining hayotini xavf ostida qoldirmang. Unutmang! Sizni uyda farzandlaringiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz kutadi. Har doim yoʼl harakati qoidalariga rioya qiling.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech