O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Boysunda “Nexia” haydovchisi choʼpon va uning podasini urib yubordi

Surxondaryo. 2020 yilning 21 aprelь kuni soat 02:00 da haydovchi 23 yoshli S.P. “Nexia” rusumli avtomashinasida Boysun tumani “Temirdarvoza” mahallasi hududidan oʼtuvchi 39 avtomobilь yoʼlining 1334-kilometrida “Termiz-Toshkent” yoʼnalishi boʼyicha harakatlanib borib, ushbu yoʼnalish boʼyicha qoʼylarni haydab ketayotgan piyoda 28 yoshli А.Q., ni va unga tegishli boʼlgan 21 bosh qoʼylarni hamda 10 bosh qoʼzilarini urib yuborib, yoʼl-transport hodisasini sodir etgan.

Yoʼl-transport hodisasi oqibatida А.Q. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech