Buxoroda keksa va yosh yigit bir-birini doʼpposlashdi
Buxoro. 2020 yilning 02 iyul kuni soat 03:25 da Shofirkon tumani IIB ga tuman kasalxonasi tomonidan Shofirkon tumani “Zarchibek” MFY da yashovchi 24 yoshli M.F. va 65 yoshli Ya.N., lar tan jarohatlari olib, murojaat qilganliklari toʼgʼrisida xabar berilgan. Mazkur xabar asosida hodisa sodir boʼlgan joyga tergov-tezkor guruhi yuborilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, joriy yilning 02 iyulь kuni soat 00:30 da Ya.N. oʼz uyida M.F. bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib turib, oʼrtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik va janjal oqibatida, Ya.N. uyida boʼlgan temir armatura boʼlagi bilan M.F., ni bosh qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Shundan soʼng M.F. Ya.N., ning qoʼlidan temir armatura boʼlagini tortib olib, uni ham tanasining bosh, koʼkrak, qorin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan, Ya.N. tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jonlantirish boʼlimida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan M.F., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʼlimiga sabab boʼlgan qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti