O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda rangli metalfurush firibgarlar aniqlandi

Buxoro. 2020 yilning fevral' oyi boshlaridan 2020 yil 03 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt davomida fuqaro 53 yoshli I.Q., 29 yoshli Z.T., ning ishonchiga kirib, unga “arzon narxda rangli metall olib beraman”-deb, aldab, undan G‘ijduvon tuman “Armechan” MFY hududida jami bo‘lib, 107.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, ehtiyojlariga sarflab yuborib, o‘ziga bildirilgan ishonchni suiiste'mol qilib, Z.T., ga 107.000.000 so‘mlik ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech