O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda “narkotik” sotuvchilarga sud hukmi e'lon qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi giyohvand vositalari bilan xilof ravishda muomala qilganligi uchun 45 yoshli Aminjon S. va 44 yoshli Furqat M.ga nisbatan hukm chiqardi.

Buxoro. 2019 yil 15 iyul kuni taxminan soat 19:00 larda Buxoro viloyati bojxona va DXX boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan “Nazorat ostida sotib olish” tezkor tadbirda, 45 yoshli Aminjon S. Buxoro shahar Kunjiqal'a ko‘chasida sof og‘irligi 4 gram bo‘lgan ko‘p miqdordagi “opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotayotganida, ushlangan.

Aminjon S. ushbu giyohvandlik vositasini tanishi Furqat M.dan 1.290.000 so‘m evaziga sotib olganligini ma'lum qilgan. O‘z navbatida Furqat M. ham aybini tan olib, giyohvandlik vositasi uchun olgan 1.290.000 so‘m pullarni o‘z xohishi bilan xodimlarga taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hamda tegishligi bo‘yicha viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining ish yurituviga olingan.

Dastlabki tergov jarayonida Aminjon S. va Furqat M.larga nisbatan JKning 273-moddasi 5-qismi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan fuqarolar Furqat M. va Aminjon S.lar ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning har biriga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech