Buloqboshida fuqaro o‘zining tanishiga og‘ir shikast yetkazdi
Andijon. 2020 yilning 09 avgust kuni soat 13:00 da 30 yoshli Sh.B., Buloqboshi tumani Qashqar MFY Zamondosh ko‘chasi hududida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 33 yoshli A.Dj., bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida qo‘llari bilan A.Dj.,ni tanasining turli joylariga urib, unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sh.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Sh.B. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti