O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Chustda noqonuniy “dron” saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi.

Namangan. 2020 yilning 13 may kuni IIB va DXX xodimlari tomonidan Chust shahar Do‘zanda mahallasi hududidagi dehqon bozori yonida o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida, 42 yoshli S.A., o‘ziga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinasi orqa o‘rindig‘ida bir dona oq quti ichida uchuvchisiz uchish apparati (dron) ni saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2481 – moddasi 1-qismi (uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech