Denovda bir guruh jinoyatchilar sud oldida javob berishadi
Surxondaryo. 2020 yilning 16 mart kuni soat 15:30 da muqaddam bir necha marotaba sudlangan 19 yoshli V.А., oʼzining tanishlari 21 yoshli M.Y (ayol), 20 yoshli N.K. (ayol) va 40 yoshli F.M., lar (ayol) bilan jinoiy til biriktirib, Denov shahar Chagʼaniyon koʼchasida joylashgan dehon bozoriga kelishib, fuqaro D.T., ning (ayol) qoʼlida boʼlgan sumkasida puli borligini koʼrishib, ushbu pullarni oʼgʼirlash maqsadida qulay vaziyat boʼlishini kutib, uning ortidan kuzatib yurishib, jinoyatni sodir etish uchun oʼzaro vazifalarni taqsimlab olishib, unga koʼra F.M., M.Y. va N.K. va voyaga yetmagan S.Gʼ., larD.T odamlar gavjum boʼlgan joyga borganligidan foydalanib, uni har yonidan oʼrtaga olgan vaqtlarida, V.А. oʼzi bilan birga olib kelgan oʼtkir kesuvchi jism bilan D.T., ning sumkasini kesib, sumka ichida boʼlgan jami 8.000.000 soʼm pullarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, jinoiy sherigi M.Y., ga berib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida, jinoyatni sodir etgan shaxslarning barchasi ushlanib, ulardan 8.000.000 soʼm pullar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan oʼgʼrilik) bilanjinoyatishiqoʼzgʼatilgan.
Jinoyat ishi boʼyicha V.А. va boshqalarga ayblov eʼlon qilinib, V.А., ga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʼllanilib, qolgan ayblanuvchilarga esa qamoq bilan bilan bogʼliq boʼlmagan boshqa ehtiyot chorasi qoʼllanilgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tuman prokuraturasiga yuborilgan.
OʼzbekistonRespublikasi IIV huzuridagiTergovdepartamenti