Jizzaxda tadbirkorni 50 mln. soʼmga chuv tushirishgan shaxslar ushlandi
Jizzax. 2020 yilning 02 iyul kuni 51 yoshli E.D. Mirzachoʼl tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 01 iyulь kuni soat 13:00 da oʼzini “N” ismli shaxs unga qoʼngʼiroq qilib, Mirzachoʼl tumani Oʼzbekiston QFYda fermer xoʼjaligi rahbari ekanligini, sotiladigan 40 tonna gʼallasini savdolashib narxiga kelisha olsa sotishini aytganini, shundan soʼng gʼallani koʼrish uchun, shu kuni soat 20:30 da E.D. boshqaruvida boʼlgan “Gentra” rusumli, avtomashinasida Mirzachoʼl tumani Oʼzbekiston QFYga borib, avtomashinani yoʼl chetiga qoʼyib, gʼallani koʼrish uchun “N” ismli shaxs bilan taxminan 500 metr dalaga kirganida,“N” ismli shaxs qochib ketganligini, orqasiga qaytib avtomashinasini koʼzdan kechirganida, avtomashinaning old oynasi sindirilib, orqa yukxonasida boʼlgan 50.000.000 soʼm pullar oʼgʼirlab ketilganini koʼrsatib, ushbu nomaʼlum shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzachoʼl tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib ancha miqdorda sodir etilgan oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 24 yoshli Sh.X. va B.Y., 38 yoshli U.Y. va 35 yoshli D.Z., lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan jami 6.930.000 soʼm pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
Zomin tumani IIO FMB huzuridagi
TB katta tergovchisi
mayor E.B.Eraliyev