O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘onada yarim tunda “Vaz 2103” rusumli avtomashina olib qochildi

Farg‘ona. 2020 yilning 25 may kuni soat 01:50 da Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida joylashgan dala hovli oldida fuqaro 55 yoshli I.M., tomonidan qarovsiz qoldirgan “Vaz 2103” rusumli avtomashinasini noma'lum shaxs olib qochganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olib qochilgan avtomashina Toshloq tumani Beshalish mavzesi hududidan, davlat raqami yechib olingan holda topilgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni 28 yoshli A.I., sodir etganligi aniqlangan va prosessual tartibda ushlangan.

Xurmatli fuqarolar o‘z boshqaruvingizdagi transport vositalaringizni ochiq holatda, qarovsiz qoldirib ketmang, ogoh bo‘ling.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech