Janubiy Koreyaga ishga yuborishini va'da qilib, aldagan firibgar ushlandi
Buxoro. 2019 yilning dekabr' oyidan 2020 yilning yanvar' oyi o‘rtalariga qadar 24 yoshli B.Z., aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan Buxoro shahri S.Boxarziy ko‘chasida 34 yoshli A.N., ni Janubiy Koreyaga yuborishni va'da qilib, uning 2.800 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib, A.N., ga jami 26.777.324 so‘mlik ancha miqdordagi moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Z., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti