O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xatirchida jami 224 tup kannabis giyohvandlik oʼsimligini parvarishlagan shaxs aniqlandi

Navoiy. 2020 yilning 25 may kuni Xatirchi tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Xatirchi tumani Tamabaxrin MFYda yashovchi, 30 yoshli F.J., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida, yashash joyining yer maydonida 224 tup sof ogʼirligi 1.708 grammni tashkil qilgan “kannabis” giyohvandlik oʼsimligini ekib parvarishlab kelayotgani aniqlanib, 224 tup “kannabis” giyohvandlik oʼsimligi tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan F.J., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, F.J., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech