O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xorazm viloyatida “tramadol” sotuvchilar ushlandi.

2020 yilning 27 yanvar kuni taxminan 10:00 larda Bog‘ot tuman IIB xodimlari tomonidan giyohvand vositalarning qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir jarayonida, 45 yoshli T.R.ning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan vaqtida, T.R. ning yonida 1 ta konvalyatadagi 10 dona “Tramadol” tabletkalari, 48 yoshli M.O. ning yonida “Tramadol” yozuvli 14 ta konvalyatadagi 140 dona “Tramadol” tabletkalari va T.Q.ning yonida 1 ta konvalyatadagi 4 dona “Tramadol” tabletkalari borligi aniqlangan. Aniqlanishicha, M.O. o‘zining tanishi 39 yoshli G.R. dan 15 ta konvalyuta “Tramadol”ni 1.700.000 so‘m evaziga sotib olgan, undan 4 dona tabletkani tanishi T.K.ga tekinga hadya qilgan va 10 dona tabletkani 160.000 so‘m evaziga T.R.ga sotib, tabletkalarning qolganlarini esa o‘tkazish maqsadida yonida saqlab qo‘ygan. Aniqlangan narsalar ashyoviy dalil tariqasida prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, tadbir davomida 39 yoshli G.R. 10 ta konvalyuta “Tramadol”ni jami 1.200.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida G.R.ning yonida yana 3 ta konvalyutadagi 30 dona “tramadol” tabletkalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bog‘ot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda fuqarolar M.O. va G.R.lar prosessual tartibda ushlanganlar. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech