O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Karmanalik ayol aldov yoʼli bilan 40 mln. soʼmni qoʼlga kiritdi

Navoiy. 2019 yilning may oyidan iyunь oyiga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida 58 yoshli S.X., (ayol) xavfli retsidivist boʼla turib, oʼzganing mulkini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida, Xatirchi tumanida yashovchi 34 yoshli T.F.,ga goʼyoki auktsion savdosida ishlashini aytib, uning ishonchini suiisteʼmol qilib, shoʼba korxonasi tomonidan auktsion savdosiga qoʼyilgan “Lacetti” rusumli avtomashinani T.F.,ga arzon narxda sotib olib berishini vaʼda qilib, aldab, Karmana tumanining turli hududlarida jami 40 mln. soʼm pullarni firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan, pullarni oʼzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan S.X.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Mazkur jinoyat ishi boʼyicha S.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar oʼrnini qoplash boʼyicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech