O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qashqadaryoda firibgarlik sodir etgan va qidiruvda  bo‘lgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

2019 yil 25 oktyabr kuni Qarshi shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan firibgarlik holati yuzasidan 53 yoshli Farxod A.,ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aniqlanishicha Farxod A. 37 yoshli Sh.Ch.,ning (ayol) ishonchiga kirib, unga 32.000.000 so‘m evaziga har biri 6 sotixdan bo‘lgan ikkita yer maydonini sotishni va'da qilib, faqat bir yer maydonini 16.000.000 so‘m evaziga sotib, ikkinchi yer maydonini sotmasdan, 8.200.000 so‘mini qaytarib, qolgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Bundan tashqari huddi shunday aldov yo‘li bilan 60 yoshli A.A.,ni ham aldab, 16.000.000 so‘m evaziga 6 sotix yer maydonini sotishni va'da qilib, pullarni olib va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yashiringan. Shu sabali 2019 yil 06 noyabr' kuni Farxod A.,ga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. Ko‘rilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Farxod A. 2019 yil 18 noyabr' kuni ushlangan ammo tergov jarayonida yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi sababli, unga nisbatan tanlangan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi “munosb xulq atvorida bo‘lish haqida tilxat” ehtiyot chorasiga almashtirilgan va jinoyat ishi ayblov hulosasi bilan sudga yuborilgan.

2020 yil 20 yanvar' kuni jinoyat ishlar bo‘yicha Qarshi tumani sudi tomonidan Farxod A. aybdor deb topilib, yetkazilgan zarar qoplanganligini inobatga olgan holda, unga 10 oy 24 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech