Qashqadaryolik og‘ufurushning xatti-harakatlariga chek qo‘yildi
Qashqadaryo. 2020 yilning 11 may kuni Kitob tumani IIB ga kelib tushgan ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, soat 21:00 da 46 yoshli O.M., Kitob tumani Xo‘ja ilmkoni qishlog‘ida 20.000.000 so‘m evaziga jami 99 dona «Spichki» yozuvli gugurt qutilariga joylangan, sof og‘irligi 403,5 grammni tashkil qilgan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan, ushbu holat xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Shu kuni tezkor tadbir davom ettirilib, soat 21:30 larda O.M., ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganida, xonadagi shkafda turgan erkaklar shimining o‘ng tomon cho‘ntagidan bir dona «Spichki» yozuvli gugurt qutisida sof og‘irligi 3,7 grammni tashkil etgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan, shuningdek, xonaga kirish eshigi tepa qismidagi yelim idishda “kannabis” o‘simlik urug‘lari mavjudligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O.M., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti