O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qashqadaryoda noqonuniy ravishda giyohvandlik o‘simliklarni yetishtirgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo. 2020 yil 27 may kuni soat 22:30 da Qarshi shahri IIO FMB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbiri jarayonida 30 yoshli A.N., ning Qarshi tumani “To‘qmang‘it” qishlog‘i hududidan ijaraga olgan uyi ko‘zdan kechirilganida, ushbu uyda jami 11 tup yashil rangli, o‘tkir hidli o‘simlikni maxsus idishlarga ekib, parvarishlab, yetishtirib kelayotganligi, shuningdek, ushbu o‘simlik barglarini quritgan holda saqlab kelayotganligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Sud kimiyoviy ekspertiza xulosasida A.N., ning yashash xonadonidan olingan sof og‘irligi 188 gramm o‘tkir xidli o‘simliklar “kannabis” o‘simligi ekanligi, sof og‘irligi 13,5 grammni tashkil qilgan quritilayotgan o‘tkir xidli o‘simlik barglari esa “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.  

Holat yuzasidan Qarshi shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.N., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech