O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qibrayda noqonuniy ravishda boylik orttirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yil 02 may kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da noma'lum shaxslar Qibray tumani Shalola mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning biriga deraza oynasini ochish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan jami 48.775.510 so‘mlik 5 dona isitish pechlari va 108 dona isitish moslamalarini (batareya) hamda boshqa vositalarni yashirin ravishda talon-toroj qilib hodisa joydan yashiringan.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 34 yoshli K.M., 32 yoshli I.I. va 30 yoshli D.Yu., lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan boyliklarning aksariyat qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.M., I.I. va D.Yu., larga tegishli moddalar bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech