O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namanganda togʼa va jiyan sababsiz erkak kishini doʼpposlashdi, jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Namangan. 2020 yilning 28 may kuni soat 23:00 da Norin tumani Katta Yaydoq MFY 34 yoshli M.K. va uning jiyani 22 yoshli K.M. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasdan mensinmasdan jamoat joyi hisoblangan Haqqulobod-Chinobod avtomobil yoʼlining Norin tuman Tibbiyot birlashmasi binosining qarshi tomonida hech bir sababsiz 26 yoshli B.А., ni qoʼllari bilan urib-doʼpposlab, tan jarohati yetkazib, B.А.ning boshqaruvida boʼlgan “Nexia” rusumli avtomashinaning old orqa va yon oynlarini sindirib, avtomashinaga zarar yetkazishgan.

Holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech