O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namanganda haydovchi piyodani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketdi.

Namangan. 2020 yil 10 fevral' kuni soat taxminan 21:00 da Chortoq-Kalishox-Xazratshoh 4R-119 avtomobil' yo‘lining Chortoq tumani Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan 20 km.da noma'lum avtomashina haydovchisi yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan piyoda 62 yoshli O.Q.,ni urib yuborib, hodisa joyidan qochib yashiringan. Oqibatda O.Q. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi 27 yoshli M.A. o‘zining boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech