Namangandagi xonadonlarning birida ochilgan "qimorxona" faoliyatiga chek qoʼyildi
Namangan. 2020 yil 23 aprel kuni soat 20:55 da, IIV hodimlari tomonidan oʼtkazilgan mahsus tadbir davomida Namangan shahar Yuqori Gʼirvon maxallasida yashovchi 33 yoshli B.U. yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, shu maxallada yashovchi 5 nafar fuqarolarga, xar bir oʼyin uchun 1000 soʼmdan pul mablagʼlarini olib, ularga qimor va tavakkalchilikka asoslangan “Loto” oʼyini tashkil etib moddiy manfatdorlik koʼrayotganligi aniqlangan.
Tadbir davomida oʼrtaga oʼyin uchun tikilgan 442.000 soʼm pullar,
36 dona oʼyin kartalari, 24 dona raqamlar yozilgan loto uyini qogʼoz kartalari va 90 dona loto toshlari oʼrnatilgan tartibda olingan.
Holat yuzasidan Namangan shahri boʼyicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti