Yoqtirgan qizi"ni qoʼrqitib undan pul talab qilgan yigit ushlandi
Navoiy. 2020 yilning 06 may kuni soat 18:30 da viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan 22 yoshli Navbahor tumanida yashovchi S.Oʼ., ning arizasi asosida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, 27 yoshli F.X., 2018 yildan hozirgi kunga qadar S.Oʼ. bilan yaqin munosabatda boʼlib, S.Oʼ. fosh etilishini xohlamagan maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishini maʼlum qilib, undan 3.000.000 soʼm pullarni talab qilib, ularni olgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida F.X., dan 3.000.000 soʼm ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti