O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir biriga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi  

Namangan. 2020 yilning 21 iyun kuni  soat 18:00 da jamaot joyi hisoblangan Norin tumani Oʼzbekiston koʼchasida joylashgan sartarosh xonasi kirish eshigi oldida  39 yoshli O.M. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, tanishi 28 yoshli Sh.J. bilan bir gurux boʼlgan holda, qoʼlidagi pichoqni namoyish qilib, uni qoʼllash bilan qoʼrqitib, M.V. (ayol) bilan tortishib turgan vaqtida, uning oʼgʼli 19 yoshli Yu.M. hech bir sababsiz qoʼlida boʼlgan temir armatura boʼlagini namoyish etib, uni qoʼllash bilan qoʼrqitib,  bir-birlarini qoʼl va oyoqlari bilan badanlarining turli joylariga urib, doʼpposlab, bir-bilariga tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy eskpertiza xulosasiga koʼra O.M. va Yu.M., lar “ENGIL” tan jarohatlarini olganliklari aniqlangan.

Mazur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan O.M., ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan, Sh.J., ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi “v” va Yu.M. 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan boʼlib, ularning barchasi gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech