Qurilish mollarini olib berishni vaʼda qilib aldagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo. 2020 yil may oyida 43 yoshli Bahodir H. Qarshi shahri Paxtazor nohiyasida joylashgan go‘zallik saloni yonida o‘zining tanishi 37 yoshli Oybek E., Toshkent shahridan qurilish mollarini arzon narxda olib berishga vaʼda berib, 20.400 AQSH dollar pullarni qo‘lga kiritib, shu kunga qadar qurilish mollarini oli bermay pullarni qaytarmagan.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida, Baxodir H., tomonidan yozib berilgan tilxat tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Bahodir H.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti